Kongodagi isyon. Hukumat namoyishchilar bilan kelishuvga erishdi
Bugun, 24 -dekabr kuni Kongoda hukumat hamda isyonchi kuchlar o‘rtasida o‘t ochishni va qurolli harakatlarni to‘xtatish haqida kelishuv imzolandi. Bu haqda «Yevropa 1» radiosi xabar berdi.
2016 yilda mamlakatning Pul viloyatida hukumatga qarshi isyon ko‘tarilgan edi. Isyonga Pul pasteri bo‘lgan Paster Ntumi (Fredrik Bintsamu) ismli shaxs boshchilik qilgan edi. Rasmiy Brazzavil hamda Paster Ntumi o‘rtasidagi ushbu bitim poytaxt Brazzavildan 70 km. janubda joylashgan Kinkala degan joyda imzolangan.
Isyonchilar imzolangan ushbu kelishuv bugundan kuchga kirishini ma’lum qilganlar.
Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish joizki, Afrika qit’asida ikkita Kongo davlati mavjud: biri poytaxti Brazzavil bo‘lgan Kongo Respublikasi, ikkinchisi poytaxti Kinshasa bo‘lgan Kongo Demokratik Respublikasi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter