Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin isyonda qatnashgan «vagnerchilar» oldiga uchta tanlov shartini qo‘ydi

Putin isyonda qatnashgan «vagnerchilar» oldiga uchta tanlov shartini qo‘ydi

Kuni kecha, tunda Rossiya prezidenti Vladimir Putin televideniye orqali murojaat bilan chiqish qildi va «Vagner» tomonidan ko‘tarilgan isyon bo‘yicha gapirib o‘tdi.

Putin «Vagner» o‘z vaqtida to‘xtaganini e’tirof etarkan, isyonda ishtirok etgan jangchilar oldida uchta yo‘l borligini aytib o‘tdi. Unga ko‘ra, «vagnerchilar» Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolashlari, o‘z uylariga qaytishlari yoki Belarusga o‘tib ketishlari mumkin.

«Men bergan va’da amalga oshiriladi. Takrorlayman, tanlov sizning o‘z qo‘lingizda, ammo ishonchim komilki, bu tanlov o‘z xatosini tushunib yetgan Rossiya jangchilari tanlovi bo‘ladi», – dedi Putin.

Shu bilan birga Putin isyon har qanday holatda ham baribir bostirilgan bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring