Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi ishonch yorliqlarini topshirdi

Hindistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi ishonch yorliqlarini topshirdi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

2019-yil 26-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Hindiston Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Santosh Jani qabul qildi. Bu haqda tashqi ishlar vazirligi axborotida xabar berildi.

Ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilar ekan, vazir elchini yuqori va mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va unga samarali faoliyat tiladi.

«Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Hindiston munosabatlarining dolzarb kun tartibi muhokama qilindi. O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli munosabatlar izchil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi» deyiladi xabarda.

Shuningdek, O‘zbekiston-Hindiston hamkorlik institutlarining bo‘lajak majlislari va boshqa qo‘shma tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring