Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindiston bosh vaziri Falastinga tashrif buyurdi

Hindiston bosh vaziri Falastinga tashrif buyurdi

Foto: REUTERS / Mohamad Torokman

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Falastinga tashrif buyurdi. Modi Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘idagi ushbu mamlakatga kelgan birinchi Hindiston rahbari sanaladi. Falastinga Iordaniya orqali vertolyotda uchib kelgan vazir Ramalloh shahrida mamlakat rahbari Mahmud Abbos bilan uchrashdi.

«Sizni yana bir marotaba ishontirib aytamanki, Hindiston falastinliklar xohish-istagi, orzu-intilishlarini himoya qiladi. Hindiston Falastinning tez orada mustaqillikka tinch yo‘l orqali erishuvidan umidvor», — deya fikr bildirgan Modi muzokaralarda.

Mahmud Abbosning fikricha, Hindistonning ko‘ptomonlama muzokaralarni tashkil etishdagi ko‘magi Isroil-Falastin mojarosini hal qilishda «amerikacha yo‘l» monopoliyasining  tugagani belgisidir.

«Biz muzokaralar jarayonida muhim element sanaladigan ko‘ptomonlama mexanizm shakllantirish haqida bosh qotirmoqdamiz»,  — deya ta’kidlagan Abbos mahalliy telekanallardan birida namoyish etilgan intervyusida.

«Hindiston adolatli tarzda tinchlikni qo‘lga kiritgan buyuk davlatdir. U Qo‘shilmaslik harakatida ham tarixiy rol o‘ynaydi», — deya o‘z mulohazalarini bayon qilgan Falastin yetakchisi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring