Fransiya prezidenti: «Rossiya Suriyaning kimyoviy hujumlardagi sherigidir»

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Rossiyani Suriya hukumati amalga oshirgani aytilayotgan kimyoviy hujumlarda uning sherigi deb atadi. Bu haqda «Lenta.ru» yozmoqda.
Makron bu haqda «BMFTV» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
Fransuzlar yetakchisining fikricha, Moskva «xalqaro hamjamiyat harakatini buzdi». Shuningdek, Makron 2013-yil sentyabr oyida qabul qilingan kimyoviy qurollardan foydalanish haqidagi taqiq buzilganda kuch ishlatishga ruxsat beradigan rezolyusiyani ham yodga olgan.
«Ruslar har doim ovoz berishni to‘xtatib qo‘yganlar. Ular kimyoviy qurol qo‘llagan Suriya hukumatining sherigi. To‘g‘ri, ular xlordan foydalanmadilar, ammo diplomatiyani yuritishda noto‘g‘ri yo‘ldan bordilar», — degan Makron.
14-aprelda Makron Fransiya amalga oshirilgan raketa hujumlari faqat Suriyaning kimyoviy ob’yektlariga yo‘naltirilganini ma’lum qilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter