Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eron va AQSh prezidentlari bir-biriga javob qaytardi

Eron va AQSh prezidentlari bir-biriga javob qaytardi

Foto: «Slate.com»

4 kundan buyon davom etayotgan Erondagi iqtisodiy inqiroz hamda rasmiy hukumatga qarshi norozilik namoyishlari haqida Eron prezidenti Hasan Ruhoniy birinchi marta fikr bildirdi. Bu haqda «Yevronyus» xabar berdi.

Chiqishi davomida Ruhoniy asosan AQSh prezidenti Donald Trapmning «Eron xalqi o‘zgarishlarni xohlashi» haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi. Shuningdek, Donald Tramp Eron rejimini qattiqqo‘llikda ayblagan edi.

«Xalqimiz bilan o‘z yaqinligini ta’kidlayotgan bu odam bir necha oy oldin eronliklar terrorchi xalqlardan biri ekanini aytganini unutib qo‘ygan ko‘rinadi?», degan Hasan Ruhoniy.

Bunga javoban esa Tramp quyidagicha javob berdi: «Eron dunyoda birinchi raqamli terrorchi davlat. Mamlakatda muntazam inson huquqlari buzilib kelmoqda. Hukumat namoyishchilarning o‘zaro aloqalariga xalaqit berish maqsadida internetni ham cheklab qo‘ygan».

Eslatib o‘tamiz, Eronda mamlakatdagi iqtisodiy inqiroz hamda rasmiy hukumatga qarshi qaratilgan norozilik namoyishlari payshanba kunidan buyon davom etmoqda. Shu paytgacha 6 kishi halok bo‘ldi hamda yuzlab odamlar xibsga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring