YI O‘zbekistonda o‘tgan prezidentlik saylovi yuzasidan bayonot berdi
Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda 9 iyul kungi prezidentlik saylovi tinch muhitda, puxta tayyorgarlik va elektoratning yuqori faolligida o‘tdi deb hisoblaydi.
«O‘zbekistonda 30 aprel kuni bo‘lib o‘tgan yangi Konstitutsiya bo‘yicha umumxalq referendumi ortidan bo‘lib o‘tgan prezident saylovi Prezident Shavkat Mirziyoyev va islohotlarning ochiq qo‘llab-quvvatlanishini ko‘rsatdi. Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonni demokratik islohotlarga qaratilgan sa’y-harakatlarini va YeXHT DIIHBning saylovni kuzatish bo‘yicha ushbu va avvalgi missiyalarining tavsiyalarini to‘liq amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlashga sodiq qoladi», – deyiladi saylov yuzasidan berilgan bayonotda.
YI YXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining to‘liq huquqli xalqaro saylovlarni kuzatish missiyasini joylashtirish taklifini olqishlagan.
Bayonotda, shuningdek, ayrim kamchiliklar saylovchilarning ongli tanlov qilishiga to‘sqinlik qilgani ham qayd etilgan.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Yevropa Ittifoqining muhim va qadrli hamkoridir.
«Biz 2024 yilda Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rar ekanmiz, hamkorligimizni mustahkamlashni davom ettirishga umid qilamiz», – deyiladi bayonotda.
Avval xabar berganimizdek, AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi ham prezidentlik saylovi bo‘yicha bayonot berib, Shavkat Mirziyoyevning islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlashini e’lon qilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter