Qonunchilik palatasi deputatlariga 150ta Apple iMac berildi
Vazirlar Mahkamasining 19-dekabrdagi 1035-sonli qaroriga binoan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga 150ta Apple iMac 21,5 Retina 4K kompyuteri xarid qilindi.
Qaror matni «Lex.uz»da e’lon qilingan.
Qurilmalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira fondi orqali sotib olingani ma’lum qilingan.
Shuningdek, 5ta Apple iMac 27 Retina 5K, 20ta HP All-in-One 22-c-0015t monobloki, 20ta «to‘rttasi bittada» qurilmasi (printer, kseroks, skaner, faks) hamda 50ta printer ham olib berilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter