Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Daniya O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi

Daniya O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi

22-oktyabr kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Daniya Qirolligining favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) etib tayinlangan Karsten Sendergordni qabul qilgan.

Ishonch yorliqlarini qabul qilar ekan, vazir elchini mazkur tayinlov bilan tabriklagan.

Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilingan.

Uchrashuvda bo‘lajak O‘zbekiston-Daniya tadbirlari jadvali va kun tartibi yuzasidan ham fikr almashilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring