Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Damashq kimyoviy hujum ortidan KQTTni tekshiruv o‘tkazishga taklif qildi

Damashq kimyoviy hujum ortidan KQTTni tekshiruv o‘tkazishga taklif qildi

Foto: HASAN MOHAMED / AFP

10-aprel kuni Suriya hukumati Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti(KQTT)ga Duma shahriga kelib kimyoviy hujum yuzasidan tekshiruv o‘tkazish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda Fransiyaning «Yevropa 1» radiosi «Sana» axborot agentligiga asoslanib xabar berdi.

«Suriya tashkilot bilan hamkor qilishga tayyor», — deya bayonot bergan Suriya tashqi ishlar vazirligining xodimi. «Vazirlik KQTTga Dumaga holat yuzasidan dalillarni o‘rganish va tekshiruv o‘tkazish uchun ekspertlar guruhini jo‘natishni so‘rab rasmiy taklifnoma yubordi», — deya qo‘shimcha qildi rasmiy vakil.

Shuningdek, 10-aprel kuni BMT XK Suriyada kimyoviy qurollar ishlatilganini tekshirish uchun xalqaro tekshiruv mexanizmini yaratishni ko‘zda tutuvchi rezolyusiya loyihasini muhokama qilishi kerak. Uni AQSh tayyorlagan. O‘z navbatida, Suriyaning eng yaqin sherigi Rossiya ham tekshiruvga KQTTni ham jalb qilish so‘ralgan o‘z rezolyusiyasi loyihasini ilgari surmoqda.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov tashkilot xodimlari o‘z vazifalarini bajarish uchun voqea joyiga borishlari lozimligini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga qaraganda, Rossiya hamda Suriya kuchlari ekspertlar uchun barcha sharoitlarni yaratib beradi.

Biroz oldinroq tashkilot qisqa fursat ichida tekshiruvchilar guruhini yuborishini ma’lum qilgan va Suriyadan tashrif uchun barcha sharoitlarni yaratib berishni so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 7-aprel kuni Suriyaning isyonchilar joylashgan Duma shahriga kimyoviy hujum uyushtirilishi tufayli 40 nafar kishi, jumladan yosh bolalar ham vafot etdi. AQSh boshchiligidagi xalqaro hamjamiyat ushbu hujumda Suriya hukumati hamda uning eng yaqin sherigi bo‘lmish Rossiyani ayblamoqda. Ammo ular bu ayblovlarni keskin rad etib, Dumada hech qanday kimyoviy hujum bo‘lmaganini aytishmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring