Britaniyaning sobiq bosh vaziri: «Rossiya korrupsiya tufayli JChga mezbonlikni qo‘lga kiritdi»
Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Devid Kemeron Rossiya futbol bo‘yicha 2018-yilgi jahon chempionati mezbonligini korrupsiya orqali qo‘lga kiritgan deb hisoblamoqda. Bu haqda «The Independent»ga tayanib, «Lenta.ru» xabar qildi.
«Biz mamlakatlarga kambag‘allikdan qutulishda yordam bermoqchi edik. Nima uchun Ekvatorial Gvineya va Venesuela kabi davlatlarda qazilma boyliklar mavjudligiga qaramay kambag‘allik keng tarqalgan? Javob: korrupsiya», — dedi sobiq bosh vazir. «Sizningcha, Rossiya qanday qilib «JCh-2018»ga mezbonlik qilish imkonini qo‘lga kiritdi? Taxminimcha, javobni o‘zingiz bilasiz», — qo‘shimcha qildi Kemeron.
Ma’lumot uchun, «JCh-2018» 14-iyundan 15-iyulga qadar Rossiyaning 11 shahrida o‘tkaziladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter