Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Brexit: Londonga taqdim etiladigan o‘tish davri 2020-yil 31-dekabrga qadar davom etadi

Brexit: Londonga taqdim etiladigan o‘tish davri 2020-yil 31-dekabrga qadar davom etadi

Saylovchilarning 51,9 foizi Ittifoqdan chiqishni yoqlab ovoz bergandi.

Foto: AFP, Justin Tallis

Yevropa Komissiyasi Buyuk Britaniyaga Ittifoqdan chiqqanidan keyin davom etadigan o‘tish davrini ular so‘raganidan qisqaroq muddatga berishini ma’lum qildi. Bu haqda «Yevronyus» xabar tarqatdi.

Yevrokomissiyaning ma’lum qilishicha, bu jarayon 2020-yilning 31-dekabriga qadar yoki Buyuk Britaniyaning Ittifoq tarkibidan amalda chiqib ketganidan bir yarim yil keyin sodir bo‘lishi lozim.

— O‘tish davriga tayyorgarlik ko‘rish ishlari Ittifoqdan chiqish haqidagi kelishuv kuchga kirganidan boshlanishi kerak va u 2020-yilning 31-dekabridan o‘tmasligi lozim, — deya ma’lum qildi Yevrokomissiya a’zo davlatlarga yo‘llagan murojaatida.

O‘z navbatida, Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey komissiyadan 2019-yilning 29-martidan kuchga kirishi lozim bo‘lgan ikki yillik muhlat so‘ragan. Ushbu davr mobaynida London Ittifoq doirasidagi imtiyozlardan foydalanishni davom ettirishi mumkin, ammo Ittifoq faoliyatiga doir kundalik ishlardagi qarorlarda hech qanday ovozga ega bo‘lmaydi.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yilning 23-iyunida Buyuk Britaniyada YeIdan chiqish uchun referendum o‘tkazilgan edi. O‘shanda saylovchilarning 51,9 foizi Ittifoqdan chiqishni yoqlab ovoz bergandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring