BAAda 3 kunlik motam. Shavkat Mirziyoyev ham ta’ziya bildirdi

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon A’lo
Kecha, 28 yanvar kuni Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayonning onasi Shayx Xissa bin Muhammad Ol Nahayon vafot etdi.
Shu munosabat bilan mamlakatda 3 kunlik motam e’lon qilindi, deya xabar berdi BAAning prezident ishlari bo‘yicha vazirligi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BAA Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon A’lo Hazratlariga volidasi Shayx Xissa bin Muhammad Ol Nahayon Hazrati Oliyalarining vafot etgani munosabati bilan hamdardlik izhor etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter