AQSh O‘zbekiston uchun yangi elchi nomini e’lon qildi
AQSh prezidenti Jo Bayden mamlakatning O‘zbekistondagi yangi elchisi sifatida Jonatan Henik nomzodini ko‘rsatgan. Oq uy buni kecha, 20 may kuni e’lon qilgan.
Qoidaga ko‘ra, nomzod Kongressning yuqori palatasi, Senat tasdig‘idan o‘tishi kerak. Amerikaning Toshkentdagi hozirgi elchisi Daniel Rozenblyum yangisi kelguncha ishlab turadi.
Henik Sharqiy Timor, Turkiya, Ozarbayjon, Portugaliya va O‘zbekistondagi elchixonalarda ham turli lavozimlarda ishlagan. U rus, portugal, turk tillarini biladi.
Diplomat Havayi universitetidan doktorlik ilmiy unvonini olgan. Magistrlik va bakalavrlik darajalari uchun Kolumbiya universitetida o‘qigan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter