Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh hukumati O‘zbekistondagi islohotlarga yordam berishga tayyor

AQSh hukumati O‘zbekistondagi islohotlarga yordam berishga tayyor

Bugun, 24 may kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Toshkentga kelgan AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi Donald Lu bilan uchrashgan.

Tomonlar turli sohalardagi O‘zbekiston-AQSh munosabatlarining bugungi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qilganlar. AQSh hukumati O‘zbekistonda islohotlar jarayoniga faol ko‘maklashishga tayyorligini aytgan.

Aytilishicha, Vashington shahrida o‘tadigan Strategik sheriklik muloqotining navbatdagi sessiyasini va uning ekspertlar darajasidagi sohaviy uchrashuvlariga puxta tayyorlarlik ko‘rilmoqda.

Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan ham fikr almashilgan. AQSh tomoni O‘zbekistonning Afg‘onistonga gumanitar yordam ko‘rsatish, ushbu mamlakatda uzoq muddatli tinchlik o‘rnatish va uning iqtisodiy tiklanishiga yordam beradigan loyihalarni ilgari surish borasidagi sa’y-harakatlarini yuksak baholagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring