Abdulla Aripov Qozog‘iston hukumati delegatsiyasini qabul qildi
2-noyabr kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Qozog‘iston Bosh vaziri o‘rinbosari Roman Sklyar boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda Oliy va yuqori darajada erishilgan kelishuvlarning joriy holati va istiqboli muhokama qilindi.
O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlarining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, tibbiyot, ta’lim, transport va logistika sohalari bo‘yicha yangi istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter