Abdulla Aripov Qirg‘iziston bosh vaziri bilan muloqot o‘tkazdi
Abdulla Aripov Qirg‘izistonning yangi bosh vaziri bilan gaplashdi.
18-dekabr kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi –Prezident Administratsiyasi Rahbari Adilbek Kasimaliyev bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi.
Suhbat avvalida O‘zbekiston Bosh vaziri Adilbek Kasimaliyevni Qirg‘iziston Bosh vaziri etib tasdiqlangani munosabati tabrikladi.
Shuningdek, davlat rahbarlari tomonidan hukumatlar oldiga qo‘yilgan muhim vazifalarni amalga oshirishda yaqin hamkorlik qilish hamda savdo-iqtisodiy, transport-logistika, energetika, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda erishilgan kelishuvlarni izchil ro‘yobga chiqarishga ishonch bildirildi.
Avvalroq, O‘zbekiston Bosh vaziri qirg‘izistonlik hamkasbiga ushbu lavozimga tasdiqlangani munosabati bilan tabrik maktubi yuborgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter