Sadir Japarov Bishkekda Abdulla Aripovni qabul qildi
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bugun, 26-sentyabr kuni Qirg‘iziston va O‘zbekiston hukumat delegatsiyalarining davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha qo‘shma majlisida ishtirok etish uchun Bishkekka borgan Bosh vazir Abdulla Aripovni qabul qildi.
Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti saytida xabar berildi.
Japarov uchrashuv natijalari ikki mamlakat xalqlari manfaatlaridan kelib chiqib, qirg‘iz-o‘zbek davlat chegarasini delimitatsiya qilish bo‘yicha huquqiy jarayonni tezroq yakunlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdi, deyiladi xabarda.
Tomonlar O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga bo‘lajak davlat tashrifini muhokama qildilar, shuningdek, tashrifga mo‘ljallangan qo‘shma reja va loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratdilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter