Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Trampning kuyovi soliq to‘lashdan bosh tortmoqda

Trampning kuyovi soliq to‘lashdan bosh tortmoqda

Foto: «Global Look Press»

AQSh prezidenti Donald Trampning kuyovi va maslahatchisi bo‘lgan Jared Kushner moddiy ahvoli 320 mln dollardan ziyod bo‘lishiga qaramay bir necha yildan buyon soliq to‘lamaydi, deya xabar bermoqda «News.ru».

Yashirin ma’lumotlarga ko‘ra, Jared Kushner o‘z kompaniyasining daromadi haqidagi hujjatlarni qalbakilashtirgan. Hujjatlarda uning kompaniyasi katta miqdorda pul yo‘qotgani qayd etiladi va bu unga arzimagan soliq to‘lovlarini amalga oshirishga imkon bergan.

Kushnerning advokati vakili Piter Mirijanyan «New York Times»ning prezidentning kuyovi soliqlardan qanday qochgani haqidagi maqolasiga izoh berib, u barcha to‘lovlarni qonunga muvofiq amalga oshirayotganini aytmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring