Zulayho Mahkamova Bosh vazir o‘rinbosari bo‘ladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida bir qator lavozimlarga nomzodlar ko‘rib chiqildi.
Xususan, Bosh vazir o‘rinbosari — Xotin-qizlar va oila ishlari qo‘mitasi rahbarligiga Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi Zulayho Mahkamova nomzodi ma’qullandi.
Avvalroq favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga general-mayor Abdulla Qo‘ldoshev nomzodi, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimiga Tursinxan Xudaybergenov nomzodi ma’qullangani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter