Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi qo‘mita tashkil etildi va unga rahbar tayinlandi

Yangi qo‘mita tashkil etildi va unga rahbar tayinlandi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev raisligida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda prezident xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash sohasining yangi tizimini belgilab berdi.

«Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida ham ayollarga munosib sharoit yaratish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalasini eng muhim yo‘nalishlardan biri sifatida bejizga belgilamadik.

Ushbu muhim vazifalar ijrosini tizimli tarzda har bir mahalla kesimida amalga oshirishni ta’minlash maqsadida bugun Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasini tashkil etish bo‘yicha Farmonni imzoladim», dedi davlat rahbari.

Qo‘mita rahbari lavozimiga ayollarning muammolari, dardu-tashvishi bilan yaqindan tanish va ularni hal qilish bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘lgan To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi Zulayho Baxriddinovna Mahkamova tayinlandi.

Yangi Qo‘mita raisi Mahkamova ayni paytda Bosh vazir o‘rinbosari va Senat a’zosi sifatida faoliyat yuritadi.

Joylarda qo‘mitaning viloyat, tuman va shahar rahbarlari esa hokim o‘rinbosari bo‘ladi.

Yangi qo‘mita Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hamda «Ayollar daftari» jamg‘armasini o‘zi boshqaradi.

Avvalroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Xotin-qizlar va oila ishlari qo‘mitasi rahbarligiga Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi Zulayho Mahkamova nomzodi ma’qullangani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring