Zoyir Mirzayev Chiroqchida kaltaklangan pedagogga faxriy yorliq berdi
Joriy yilning aprel oyida Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi 134-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi Shohnur Oqqo‘ziyev o‘quvchilardan birining akalari tomonidan kaltaklangani keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Mazkur masalaga jamoatchilik e’tibor qaratib, o‘qituvchining haq-huquqlari borasida o‘z qarashlarini ma’lum qilishgandi.
O‘shanda Qashqadaryo viloyat hokimi o‘qituvchining plastik kartasiga uzoq hududga qatnab ishlayotgani tufayli yo‘lkira haqi uchun 10 mln so‘m pul o‘tkazib bergan.
Ma’lum bo‘lishicha, kuni kecha o‘tkazilgan bayramda bu o‘qituvchiga yana e’tibor qaratilgan.
Qashqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, viloyat rahbari tomonidan bayram dasturida bir qator o‘qituvchilar alohida e’tirof etilib, «Faxriy yorliq»lar bilan taqdirlandi:
Oqqo‘ziyev Shohnur Nodir o‘g‘li – Qarshi tumanidan Chiroqchi tumanidagi 90 km masofadagi olis maktabda ta’lim beradi.
Jo‘rayeva Mehri Rahimjonovna – Qarshi shahridan Dehqonobod tumanidagi 90 km masofadagi olis maktabda ta’lim beradi.
Beknazarov Laziz – Qarshi tumanidan Mirishkor tumanidagi 60 km masofadagi olis maktabda ta’lim beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter