Zo‘ravon ish beruvchi hibsga olindi
Rossiya Federatsiyasining Volgograd viloyatiga ishlash maqsadida borgan O‘zbekiston fuqarolari qiyin ahvolda qoladi va berilgan va’dalar yolg‘on ekanligini biladi.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqarolar ish beruvchi tomonidan barcha hujjatlari olib qo‘yilib, kuch ishlatilgan va majburiy mehnatga jalb qilingan. Oylik ish haqidan darak ham bo‘lmagan.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Volgograd shahridagi vakili ushbu murojaatni o‘rganish maqsadida zudlik bilan Volgograd viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati bilan korxonaga reyd uyushtirildi. Reyd davomida viloyatning barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari ishtirok etdi.
Natijada ish beruvchi hibsga olinib, jinoiy javobgarlikka tortildi. Barcha yurtdoshlarimizning pasport va oylik maoshlari olib berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter