Zomindagi o‘rmon yong‘ini yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi
1-avgust kuni Jizzax viloyati Zomin tumanidagi O‘riklisoy qishlog‘i hududidagi dala maydonida yong‘in sodir bo‘lgani xabar berilgandi.
Faqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati yong‘in yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlarni e’lon qildi.
Ayni vaqtda yong‘in hududining kengayib ketishining oldini olish va uni butunlay o‘chirish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligidan yana qo‘shimcha 350 dan ortiq shaxsiy tarkibi Mudofaa vazirligidan 4 ta vertolyot shuningdek, Milliya gvardiya, Ichki ishlar, Davlat ekologiya qo‘mitasi va boshqa tashkilotlarning kuch va vositalari jalb etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter