Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zoir Mirzayev ayrim tadbirkorlarning xujjatlari soxtalashtirilganini ma’lum qildi

Zoir Mirzayev ayrim tadbirkorlarning xujjatlari soxtalashtirilganini ma’lum qildi

Bugun Nurafshon shahrida Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoir Mirzayev tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 2021 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2022 yilgi rejalar yuzasidan aholiga murajaat yo‘llandi. Unda OAV xodimlari ishtirok etmoqdalar.

Viloyat hokimi o‘z murojaatida bir qator qamchiliklarga to‘xtalib o‘tdi.

— Viloyatning imkoniyatidan kelib chiqadigan bo‘lsak, hududda konlar ko‘p bo‘lsa-da, zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmagan. Viloyat hunarmandchilikka ixtisoslashtirilmagani juda achinarli.

Bundan tashqari jamoat transporti uchun 980 avtobus yetishmaydi. Chirchiq shahrida tashkil etilgan pedagogika institutiga avtobus qatnamaydi. Oliygohga borishi uchun 3 ta avtobusni almashtirish kerak, — dedi Zoir Mirzayev.

Shu bilan birgalikda Mirzayev o‘z chiqishi davomida tadbirkorlik uchun yer ajratishda turli qing‘irliklarga yo‘l qo‘yilganini ham ta’kidlab o‘tdi.

— Tadbirkorlar akutsionda sotib olgan yerlarning xujjatlari soxta chiqmoqda. Qizig‘i, viloyat hokimligi muttasadilarining imzolari ham soxtalashtirilgan. Tadbirkorlar bilan muloqotda shu ishlar ma’lum bo‘lib qoldi.

Shu o‘rinda tadbirkorlarga murojaat qilmoqchiman — qo‘lingizdagi qarorni solishtirib ko‘ring. Biznes qilaman, deb, soxta qaror ko‘tarib yurgan bo‘lmang, — dedi hokim.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring