Zimbabve sobiq prezidenti Robert Mugabe vafot etdi
![Zimbabve sobiq prezidenti Robert Mugabe vafot etdi](https://static.xabaruz.com/crop/2/2/720_460_95_2286760489.jpg)
Zimbabve sobiq prezidenti Robert Mugabe 95 yoshida vafot etgan. Bu haqda BBC xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, u uzoq vaqt davomida xastalikdan aziyat chekib kelgan.
Mugabe 1980-yilda mamlakat bosh vaziriga aylanib, bir yildan so‘ng, prezidentlikka kelgandi. 2017-yil noyabrda harbiy to‘ntarish oqibatida hokimiyatdan chetlatilgan.
Uning davri Zimbabveda iqtisodiy qiyinchiliklar, pulning fantastik darajada qadrsizlanishi bilan esda qoldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter