Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zelenskiyni Rossiya bilan muzokara stoliga qaytish uchun o‘z shartlarini aytdi

Zelenskiyni Rossiya bilan muzokara stoliga qaytish uchun o‘z shartlarini aytdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralarga qaytishga tayyor. Bu haqda Politico gazetasi ma’lum qildi.

Nashrning yozishicha, AQSh prezidenti ma’muriyati uni o‘z pozitsiyasini qayta ko‘rib chiqishga undagan. Shundan so‘ng Zelenskiy beshta asosiy shartni e’lon qildi:

— Hududiy yaxlitlikni tiklash;

— BMT Nizomiga hurmat;

— Urush natijasida yetkazilgan barcha zararni qoplash;

—Urush jinoyatiga daxldor har bir kishini jazolash va bu takrorlanmasligi uchun kafolat.

Politico‘ning qayd etishicha, davlatlar Kiyevga «urushni tinch yo‘l bilan tugatishga tayyorligini namoyish etishni» tavsiya qilgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 30 sentyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainani «zudlik bilan jangovar harakatlarni to‘xtatib, muzokara stoliga qaytishga» chaqirgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring