Zelenskiy: «Tirik qolishni istasangiz qoching...»

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 29-avgust, dushanba kuni yo‘llagan videomurojaatida rossiyalik askarlarga murojaat qildi.
«Agar omon qolishni istasa, Rossiya armiyasi qochishi kerak», dedi Ukraina rahbari.
«Uyingizga boring, — dedi prezident, — agar vataningizga qaytishga qo‘rqsangiz, taslim bo‘ling».
«Ukraina o‘z yerlarini qaytarmoqda va qaytaradi - Xarkov viloyati, Lugansk viloyati, Donetsk viloyati, Zaporoje, Xerson, Qrim va, albatta, bizning Qora va Azov dengizlarining Serpantindan Kerch bo‘g‘ozigacha bo‘lgan butun suv zonasi. Bu bizniki. Jamiyatimiz buni tushunganidek, men ham bosqinchilar buni tushunishlarini istayman.
Ukraina tuprog‘ida ularga joy bo‘lmaydi», — dedi Zelenskiy.
Avvalroq Zelenskiy jangovar harakatlar boshlanganida, ular to‘xtashi uchun, iste’foga chiqishga tayyor bo‘lganini aytgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter