Zelenskiy oldindagi eng qiyin «jang» haqida gapirdi
Ukrainaliklar o‘z davlatlarining mustaqilligini himoya qilmoqdalar, ammo g‘alaba yo‘li hali oldinda va bu oson emas. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy sakkiz oylik urush oqibatlari bo‘yicha o‘z murojaatida aytib o‘tdi.
«Biz mamlakatimiz mustaqilligini himoya qildik. Rossiya buni o‘zgartira olmaydi. Biz bosqichma-bosqich Ukraina yerlarini ozod qilyapmiz. Hozir Donbass, Xarkov, Xerson tilga olinmoqda. Lekin Zaporoje viloyati va Qrimga ham navbat keladi. Vaqti kelib, butun Ukraina ozod bo‘ladi», — dedi davlat rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya «bundan keyin hech qachon kimgadir nimadir buyurishga qodir sub’yekt bo‘lmaydi».
Zelenskiy, shuningdek, yaqinlashib kelayotgan qish Ukraina tarixidagi eng qiyini bo‘lishini ta’kidladi.
«Biz bu qishdan o‘tishimiz kerak. Davlat uchun zarur bo‘lgan natijaga erishish uchun kuz, qish va bahorda ishning zarur qismini bajarish lozim», dedi u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter