Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukrainada noma’lum shaxs avtobusda 20 kishini garovga oldi: tafsilotlar (video)

Ukrainada noma’lum shaxs avtobusda 20 kishini garovga oldi: tafsilotlar (video)

Foto: «Google.com»

Ukrainaning Lutsk shahrida noma’lum shaxs avtobusda 20 nafardan kam bo‘lmagan kishini garovga oldi. Bu haqda shahar politsiyasining Feysbukdagi sahifasida xabar berilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, asl ismi Maksim Krivosh bo‘lgan erkakning qo‘lida portlovchi moddalar va qurol bo‘lgan. Shahar markazi aholi xavfsizligi uchun politsiya tomonidan yopilgan.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hodisaga e’tibor qaratib, uning borishini o‘z nazoratiga olganini bildirdi. Shuningdek, shaharga zudlik bilan ichki ishlar vaziri Arsen Avakov yetib borgan.

Jinoyatchi jurnalistlar bilan ham gaplashgan va politsiya hujum boshlasa avtobusni portlatib yuborish bilan tahdid qilgan. Avtobus ichida yosh bolali va homilador ayollar borligi aytilmoqda.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, Maksim Ploxoy laqabli jinoyatchi avval ikki marta sudlangan va 10 yil hibsda ham bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring