Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz»: Qish mavsumida aholiga uzluksiz suyultirilgan gaz yetkazib berish bo‘yicha Muborak gazni qayta ishlash zavodida bajarilayotgan ishlar holati o‘rganildi

«O‘zbekneftgaz»: Qish mavsumida aholiga uzluksiz suyultirilgan gaz yetkazib berish bo‘yicha Muborak gazni qayta ishlash zavodida bajarilayotgan ishlar holati o‘rganildi

Avval xabar berganimizdek «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi «Ishchi guruh» a’zolari Qashqadaryo viloyatidagi korxonalarda gaz qazib chiqarish va qayta ishlash texnologik qurilmalarining anomal sovuq kunlarda barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni nazorat qilmoqda.

2023 yil 13 yanvar kuni Boshqaruv raisi boshchiligidagi «Ishchi guruh» Muborak gazni qayta ishlash zavodida gazni qayta ishlash jarayonlari barqarorligini ta’minlash ishlari bilan tanishdi.

Zavoddagi gazni qayta ishlash qurilmalarida muzlashning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlari, ishlab chiqarish jarayonlarida energiya sarfini kamaytirish hamda suyultirilgan gaz ishlab chiqarishni barqaror ta’minlash bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar ijrosi nazorat qilindi.

Gaz tarkibidan propan-butan aralashmasi ajratib olish qurilmalarida suyultirilgan gaz ishlab chiqarish jarayonlari ham o‘rganildi. Eslatib o‘tamiz, Muborak gazni qayta ishlash zavodi tomonidan bir sutka davomida 42 million kub metr tabiiy gaz oltingugurt birikmalaridan tozalanib, «O‘ztransgaz» AJ magistral gaz kuvurlariga yetkazib berilmoqda. 2023 yilning 1-12 yanvar kunlari 516 million kub metr yetkazib berildi.

Zavodning markaziy dispetcherlik boshqaruv pultiga ham borilib, bu yerda boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish va raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

2023 yilda Muborak zavodida 18,5 mlrd kub metr gazni qayta ishlash, 278,4 suyultirilgan gaz va 211,3 ming tn oltingugurt ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Zavodning gazni qayta ishlash qurilmalarida Muborak boshqarmasidan tomonidan yetkazib beriladigan tabiiy gazni qayta ishlash bilan birgalikda, «LUKOYL» Qo‘shma korxonasi, «SANEG», «Natural gaz stream» xorijiy korxonalari kabi 5 ta korxonalar tabiiy gazini qayta ishlash xizmati ko‘rsatiladi. Shu o‘rinda zavod tomonidan qo‘shma korxonalarga xizmat ko‘rsatishning barqarorligini ta’minlash bo‘yicha zavod rahbariyatiga ko‘rsatmalar berildi.

Muborak zavodi tomonidan aholi va ijtimoiy soha ob’yektlari ehtiyoji uchun suyultirilgan gaz yetkazib berishni muntazam ta’minlash, xususan «Hududgazta’minot» AJ hududiy filiallariga avtotsisterna va vagon sisternalari orqali yuklash, temir yo‘l tizimi korxonalari bilan jo‘natish ishlarini doimiy tashkillashtirish bo‘yicha zavod rahbariyati hamda tegishli departamentlarga topshiriqlar berildi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, 2022 yilda zavod tomonidan 298,4 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqilib, shundan aholi va ijtimoiy soha ehtiyoji uchun 282,4 ming tonna mahsuloti yetkazib berilgan bo‘lsa, 2023 yil boshidan 9,7 ming tonna mahsulot ishlab chiqilib, 9,8 ming tonna suyultirilgan gaz yuklab jo‘natildi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring