Zarar yetkazdingmi? To‘la!
Nukus shahridagi shifoxonalarning birida ta’mirlash ishlarini olib borgan tashkilot nima qilibdi, deng? Zarur hujjatlarni rasmiylashtirmasdan, o‘zboshimchalik bilan qo‘shimcha uskuna o‘rnatib, tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanibdi! Xuddiki bunaqa «ishlar» pinhon qolib ketadigandek. Majburiy ijro byurosi xodimlari «bir» deganda fosh etdi-ku bu holatni. O‘ziyam tashkilot davlat manfaatiga 31.449.000 so‘m miqdorda zarar yetkazib ulgurgan ekan-da.
Mazkur holat yuzasidan tergov oldi surishtiruv harakatlari olib borilayotganda qurilish tashkiloti tushundiki, boshqa yo‘l yo‘q, zararni to‘lash kerak, vassalom!
Darhol davlatga yetkazilgan zarar to‘landi.
Bu boshqa gap. Yo‘qsa, yo‘li sudning qora kursisiga qarab ketayotgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter