Zangiotada 14 yoshli qiz chuqur quduqqa tushib ketdi
Bugun, 20 iyun kuni tongda 14 yoshli qiz o‘z ehtiyotsizligi oqibatida yashash xonadonidagi chuqurligi 9 metr bo‘lgan quduqqa tushib ketgan.
Bu haqda soat 07:15 da Toshkent viloyati Zangiota tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga unga yordam zarurligi haqida tashvishli xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, zudlik bilan FVV qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borib, maxsus qutqaruv anjomlari yordamida qizni quduq ichidan olib chiqqan va tez-tibbiy yordam xodimlariga topshirgan.
Shundan so‘ng turli darajada tan jarohati olgan qiz malakali tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Respublika shoshilinch tez-tibbiy yordam ilmiy markaziga yetkazilgan va hozirda shifokorlar nazoratida. Qizning umumiy ahvoli yaxshi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter