Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zamonaviy «karvonsaroy»lar quriladi

Zamonaviy «karvonsaroy»lar quriladi

Фото: Xabar.uz

Turizm transport koridori bo‘ylab yer uchastkalarini realizatsiya qilish va avtomagistral yo‘llari bo‘ylab zamonaviy standartlarga javob beradigan «Karvonsaroy»lar tashkil etiladi.

Bu haqda 30 aprel kuni imzolangan «Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarorida so‘z boradi.

Bunda:

  • har bir «Karvonsaroy»ning tashqi ko‘rinishi an’anaviy arxitektura va ushbu hududning o‘ziga xosligini inobatga olgan holda ishlab chiqilishi;
  • har bir «Karvonsaroy»da turizm xizmatlari, hunarmandchilik va mahalliy qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi, avtomobillarga, shu jumladan, elektromobillarga xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, avtoturargoh hamda zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalarining mavjud bo‘lishi;
  • «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida har bir «Karvonsaroy» atrofida daraxt va buta ko‘chatlarini ekish nazarda tutiladi.

Turizm va madaniy meros vazirligi Qurilish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda zamonaviy «Karvonsaroy»larni tashkil etish bo‘yicha manzilli ro‘yxatni shakllantirib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritishlari kerak.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring