Zambiya sobiq prezidenti vafot etdi

Zambiya sobiq prezidenti, 2021-yilda lavozimini tark etgan Edgar Lungu Janubiy Afrikada 68 yoshida vafot etdi.
Sobiq rahbar salkam yetti yil hokimiyat tepasida turgandi.
"So‘nggi haftalarda otam shifokorlar nazorati ostida edi", dedi uning farzandi Tasila Lungu-Mvansa ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan videoda (AFP iqtibos keltirgan holda).
Edgar Lungu hokimiyat tepasiga 2015-yilda kelgan. Ungacha u Adliya, Mudofaa va Ichki ishlar vazirliklarini boshqargan. U 2021-yilgacha bu lavozimda edi.
2021-yilda uning o‘rniga saylovlarda g‘alaba qozongan muxolifat yetakchisi Xakainde Xichilema keldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter