«Zakovat»: bosh mukofotni qozog‘istonlik «Oddiy mehnatkashlar» olib ketishdi
«Zakovat» o‘yinining sport turi bo‘yicha ilk marotaba Markaziy Osiyo kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqaga Toshkent shahri mezbonlik qildi.
«Zakovat»ning ilk xalqaro turnirda Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston jamoalari qatnashdi.
Jamoalar o‘rtasidagi bellashuvlarda 1-o‘rin qozog‘istonliklarga nasib etdi — «Oddiy mehnatkashlar» jamoasiga 100 million so‘m miqdoridagi mukofot topshirildi.
Bosh sovrin — Kubok uchun kechgan bahsda O‘zbekiston va Qozog‘iston terma jamoalari finalda bellashdi va unda ham qozog‘istonliklarning qo‘li baland keldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter