Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zafar Hoshimov: «Halol ishlash kerak xolos»

Zafar Hoshimov: «Halol ishlash kerak xolos»

Foto: «Xabar.uz»

Navoiy shahridagi kovorking markazida viloyatdagi yosh tadbirkorlar va «Korzinka.uz» supermarketlar tarmog‘i asoschisi Zafar Hoshimovning biznes uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

«Xabar.uz» muxbirining xabar berishicha, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyat Kengashi tashabbusi bilan o‘tkazilgan ushbu uchrashuvda tadbirkor yoshlarga muvaffaqiyatga erishish sirlaridan saboq berildi.

— 2005-yilda onlayn magazin ochganimizda bir kunda 10-12 nafar fuqaro mahsulot buyurtma qilgan bo‘lsa, asta-sekinlik bilan ular soni 150 taga yetdi. Lekin, afsuski, bu o‘z xarajatlarini qoplamasdi. Men bu faoliyatni to‘xtatdim, — dedi Zafar Hoshimov. —Bugungi kunga kelib esa «Le Bazar» loyihasi xuddi shu kabi buyurtmalar bilan shug‘ullanib, bir kunda mingdan ortiq mijoz to‘plamoqda. Chunki, insonlar vaqt qadriga yetib, uni to‘g‘ri taqsimlashga o‘tishyapti. Bozor aylanib yurishga vaqt sarflamay, mahsulotlarga onlayn buyurtma berishni o‘rganmoqda.

Foto: «Xabar.uz»

Uchrashuvda berilgan qimmatli fikrlarni har bir yosh tadbirkor o‘z faoliyatida tajriba sifatida qo‘llash imkoniga ega bo‘ladi.

«Ushbu kovorking markaziga kirib, o‘zim dastlab boshlagan faoliyatim yodimga tushdi. Ofis izlash va uning ijarasi... Hozir esa yosh tadbirkor uchun mana shunday tayyor qulay ofislar bor. Bu zo‘r imkoniyat. Halol ishlash kerak xolos. Sizlarga havasdaman», dedi taniqli tadbirkor.

Uchrashuvda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring