«Yuventus»dan yana 20 ochko olib qo‘yilishi mumkin
Italiya futbol federatsiyasi «Yuventus»ning koronavirus pandemiyasi paytidagi futbolchilarning maoshlari bilan bog‘liq moliyaviy firibgarliklarini surishtirishni davom ettirmoqda. Turinliklardan A seriyada to‘plangan 20 ochkosi olib qo‘yilishi ham mumkin.
Virgilio Sport xabariga ko‘ra, «Yuventus» ishi 29-yanvarda yopilishi kerak edi. Biroq keyin yangi dalillar paydo bo‘ldi, bu prokuraturaga tergovni 40 kungacha uzaytirish imkonini berdi.
«Yuventus»dan avval 15 ochko olib qo‘yilgandi. Bundan tashqari, jamoaning qator asosiy rahbarlari futboldan va «Yuventus»dagi faoliyatdan chetlatilgan.
«Yuventus» A seriyadagi 20 o‘yindan so‘ng 23 ochko bilan turnir jadvalida 13-o‘rinni egallab turibdi. Agar 15 ochkosi olib tashlanmaganida hozir kamida kuchli uchlikda bo‘lardi. 20 ochkosi olib tashlansa, 3 ochko bilan eng so‘nggi — 20-o‘ringa sho‘ng‘iydi va B seriyaga tushib ketish ketmaslik uchun kurashadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter