Yurtimizga salqin va nam havo massalari kirib, kuchli shamol bo‘lishi kutilmoqda
Respublika Gidrometeorologiya markazi xabariga ko‘ra, 6-8-fevralda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam va deyarli salqin havo massalari kirib keladi.
6-7-fevralda respublikada shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zi joylarda 22-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
7-8-fevralda respublikada yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, baland tog‘larda qorga aylanadi.
7-8-fevralda havo harorati kechalari 3-8° iliq, kunduz kunlari 10-15° iliq atrofida bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter