Yurtimizda koronavirusga chalinganlar soni yana 43 nafarga ko‘paydi
Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, yangi kasallanish holatlarining 9 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 19 nafari Toshkent viloyatida (shundan 12 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida, 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida), 11 nafari Toshkent shahrida (shundan 7 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida), 4 nafari Namangan viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 4377 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (69 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 1919 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter