Yurtimizda koronavirusga chalinganlar 14 mingdan oshdi
2020-yil 14-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 14085 (+92) nafarni tashkil etmoqda.
SSVning xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 33 nafari Toshkent shahrida, 32 nafar Samarqand viloyatida hamda 27 nafari Surxondaryo viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 8327 (+297) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (59 foizi) sog‘aydi.
Hozirda mamlakatimizda 5691 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter