Yurtimizda ikki kishi sovuqdan halok bo‘ldi

Joriy yilning 6-dekabr kuni bedarak yo‘qolgani uchun qidiruvga berilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumani «Sarishingul» ovul fuqarolar yig‘ini hududida yashagan, 1991-yilda tug‘ilgan N.R.ning tashqi ko‘rinishidan jarohatsiz jasadi «Kulab» ovul fuqarolar yig‘ini hududidan topilgan, deya xabar berdi «Postda.uz».
O‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, u «tananing umumiy sovuqqotishi»dan halok bo‘lganligi aniqlangan.
Xuddi shunday holat Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida ham yuz berdi. Shu yil 17-dekabrdagi ma’lumotga ko‘ra, «Farovon Yo‘ldoshobod» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan «Agrosanoat» MChJga tegishli dala maydonidan Osiyo millatiga mansub, 30-35 yoshlardagi noma’lum erkak kishining tashqi ko‘rinishidan jarohatsiz jasadi topilgan. O‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, u «tananing umumiy sovuqqotishi»dan o‘lganligi aniqlangan.
Ko‘rilgan choralar natijasida jasadning shaxsi aniqlangan. U Narpay tumanida yashagan, 1990-yilda tug‘ilgan N.V. ekanligi ma’lum bo‘lgan.
Ayni paytda har ikki holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter