Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yurtimizda emlanishi lozim bo‘lgan aholining 21,2 foizi to‘liq vaksina oldi

Yurtimizda emlanishi lozim bo‘lgan aholining 21,2 foizi to‘liq vaksina oldi

O‘zbekistonda 30-sentyabr holatiga ko‘ra, emlanishi ko‘zda tutilgan aholining 53,6 foizi koronavirusga qarshi birinchi doza vaksinalarini olib bo‘ldi. Bu haqda SSV xabar bergan. 

Emlanishi ko‘zda tutilgan 18 yoshdan yuqori bo‘lgan aholi soni qariyb 21,5 million nafarni tashkil etadi. Vaksinatsiya jarayoni boshlanganidan beri o‘tgan olti oy mobaynida jami 11 million 491 ming 111 nafar aholi birinchi doza vaksinalari bilan emlangan.

Olti oy davomida 4 million 539 ming 621 nafar fuqaro koronavirusga qarshi barcha boschiqlarda emlab bo‘lingan. Shunday qilib, mamlakatda emlanishi rejalashtirilgan aholining 21,2 foizi to‘liq emlandi.

To‘liq emlangan aholining 534 ming nafardan ziyodini 65 yoshdan oshganlar, 478 ming nafardan ortig‘ini esa surunkali kasalligi bor fuqarolar tashkil etadi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring