To‘rt nafar o‘zbekning pasporti ish beruvchidan olib berildi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Samara shahridagi vakolatxonasiga 4 nafar yurtdoshimizdan murojaat kelib tushgan.
Murojaatda fuqarolar Krasnodar o‘lkasidagi korxonalardan birida ishlash uchun borgani, ish beruvchi vakillari tomonidan pasportlari 2 oydan ortiq vaqt mobaynida olib qo‘yilib, berilmayotganini bildirgan.
«Mehnat migrantlarining pasportlarini qaytarish maqsadida Vakolatxona xodimlari ish beruvchi vakillari bilan telefon orqali muzokara o‘tkazdi. Ish beruvchilar pasportlarni patent rasmiylashtirish uchun olgani va ishxonada saqlayotganini bildirdi. Ularga fuqarolik pasportini olish Rossiya qonunchiligi bo‘yicha mumkin emasligi tushuntirilib, yurtdoshlarimiz pasportlari qaytarildi», deyiladi xabarda.
Avvalroq agentlik o‘tgan bir yillik faoliyatiga oid ma’lumotlarni e’lon qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter