Yuridik universitetga rektor tayinlandi
Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 dekabrdagi qaroriga ko‘ra, Toshkent davlat yuridik universitetiga yangi rektor tayinlandi.
Unga ko‘ra, Akbar Toshqulov universitetning yangi rektori sifatida ish olib boradi. Kecha u Adliya vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan edi.
Ma’lumot uchun, yuridik universitetning avvalgi rektori Rahim Hakimov iyunda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining fan va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangandi. Shundan buyon universitetda rektorlik lavozimi vakant edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter