Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yurayotgan mashina shinasi yirtilib ketsa, nima qilish kerak?

Yurayotgan mashina shinasi yirtilib ketsa, nima qilish kerak?

Biroz g‘alati va xavfli ko‘rinishi mumkin, ammo yurib ketayotgan mashina shinalari yirtilib ketsa, to‘xtash haqida o‘ylay ko‘rmang, aksincha gazni bosish kerak.

Agar siz soatiga kamida 65 km. tezlik bilan ketayotgan bo‘lsangiz, bunday holatda ulovni to‘xtatmang. Qanchalik xavfli ko‘rinmasin, boshqaruvni ushlab turishga urining.

Agar darhol tormoz bossangiz, birinchi navbatda g‘ildiraklar izdan chiqadi va boshqaruvni yo‘qotasiz, biror nimaga borib urilasiz.

Oyoqlaringiz bilan gazni bir necha daqiqa mobaynida bir maromda bosib tursangiz, mashinani o‘zingizga bo‘ysundirasiz va sekin-asta to‘xtash harakatiga tushasiz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring