Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yurakni qanday sog‘lom saqlash kerak: mutaxassislar hayotiy savollarga javob berishdi

Yurakni qanday sog‘lom saqlash kerak: mutaxassislar hayotiy savollarga javob berishdi

Dunyoda o‘limning uchta asosiy sababi bor – yurak qon-tomir kasalliklari, insult va shundan keyingina surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi.

Biroq, reytingdagi yetakchi bu kasalliklarning paydo bo‘lishi xavfini bartaraf etish mumkin. Buni qanday qilish kerak va «motorga g‘amxo‘rlik qilish haqida nimalarni bilish shart» — bular haqida kardiologiya bo‘yicha o‘tkazilgan «Yurakni his et» o‘quv tadbirida aytib berildi. Ushbu tadbir Toshkentdagi SANTO farmatsevtika kompaniyasi tomonidan blogerlar va jurnalistlar uchun tashkil etildi.

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Arterial gipertenziya va molekulyar genetik tadqiqotlar ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori Go‘zal Abdullayeva so‘zga chiqib, O‘zbekistonda kardiologiyaning rivojlanish tarixi, mamlakatimizda yaratilgan shart-sharoitlar va yurak-qon tomir kasalliklarini erta aniqlab, samarali davolashga qaratilgan joriy profilaktika tizimi haqida gapirib berdi.

Mutaxassis tomonidan ma’lum qilinishicha, 2006 yilda kardiologiya markazida molekulyar genetik laboratoriya tashkil etildi. O‘tgan yillar davomida 40 dan ortiq genetik polimorfizmlarni o‘rganish natijasida DNK banki yaratildi. Ayni paytda muhim gipertenziya (qon bosimining oshishi bilan tavsiflangan kasallik – tahr. eslatmasi), tuzga sezgir arterial gipertenziya, kardiomiopatiya (miokard shikastlanishi bilan tavsiflangan patologiya – tahr.) kasalliklariga qarshi kurashni rivojlanishi uchun genetik xavf pasportini yaratish ishlari olib borilmoqda.

Tadbirda ma’ruzachi mamlakatimizda ham ayollar, ham erkaklar o‘rtasida o‘rtacha umr ko‘rish darajasi oshib borayotganini ta’kidladi. Shunday qilib, 90-yillarda bu ko‘rsatkich 67 yosh edi, hozir esa 73,8 yilni tashkil qilmoqda. Ayni paytda O‘zbekistonda aholining umr ko‘rish davomiyligini oshirishga qaratilgan sog‘lom va muvaffaqiyatli qarish konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda.

2030 yilga kelib JSST yuqumli bo‘lmagan kasalliklar, jumladan, yurak-qon tomir kasalliklaridan erta o‘limni uchdan birga qisqartirishni rejalashtirmoqda. O‘lim ko‘rsatkichlari tarkibida yurak-qon tomir tizimi kasalliklaridan o‘lim darajasi ustunlik qiladi va 58 foizni tashkil etadi. Shu bilan birga saraton kasalligidan vafot etganlar umumiy ko‘rsatkichning 6,70 foizini, baxtsiz hodisalardan 4,40 foizni va oshqozon-ichak kasalliklari natijasida hayotdan ko‘z yumganlar 3,60 foizni tashkil qiladi.

Xozirda O‘zbekistonda yurak-qon tomir kasalliklariga chalingan bemorlarning yagona ekspertlar reyestri yaratilmokda, rejali tibbiy ko‘riklar qamrab olinib, asosiy kardioguruxdagi kardiodorilar bilan bemorlar bepul ta’minlanmoqda. Shu bilan birga, shifokorlarning maoshlari oshirilayotgani, mutaxassis tayyorlash ishlari olib borilayotganini ta’kidlandi.

Ammo, ushbu yo‘nalishda bir qator hal etilmagan muammolar hamon saqlanib qolmoqda, xususan: arterial gipertenziya bilan og‘rigan bemorlarni birlamchi tibbiy-sanitariya yordami tizimida qamrab olinmaganligi, bemorlarning yurak xastaliklari xavfidan bexabarligi muammosi mavjud.

Shuningdek, tuzga sezgir arterial gipertenziyaning yuqori tarqalishi mavjud bo‘lib, bu kasallikni osh tuziga yuqori darajadagi ta’m sezuvchanligi bilan solishtirish mumkin. Kardiologning ta’kidlashicha, bunday tashxis qo‘yilgan bemorlar ayniqsa xavf ostida. Markaz laboratoriyasining ma’lumotlariga ko‘ra, bemorlarning taxminan 67 foizi tuzga sezgir arterial gipertenziya bilan og‘riydilar – bu bosim to‘g‘ridan-to‘g‘ri katta miqdordagi tuzni iste’mol qilishga bog‘liq bo‘lganda bo‘ladi.

Misol uchun, Qo‘shma Shtatlardagi tavsiyalarda tuzni iste’mol qilish normasi mavjud - kuniga uch grammdan kam. Laboratoriyamiz tadqiqotlari ma’lumotlariga ko‘ra, Respublika aholisi xalqaro ekspertlar tomonidan belgilangan 4-5 gr.dan ko‘ra ancha ko‘p tuz iste’mol qiladi. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, yurak xastaligi rivojlanish xavfi ostida bo‘lgan odamlar oziq-ovqat tarkibidagi tuz miqdorini nazorat qilishlari kerak bo‘ladi.

Shuningdek, mutaxassis tibbiyot muassasasining ayrim rejalari haqida gapirib o‘tdi. Kardiologiya markaziga yuqori texnologiyali uskunalar, yurak aritmiyalarini jarrohlik yo‘li bilan davolash imkonini beruvchi innovatsion qurilmalar kelishi kutilmoqda. Bugungi kunda tibbiyot masakanida radiochastota ablyasiyasi qo‘llaniladi va ular krioablyasiyadan foydalanishni rejalashtirmoqdalar – unga ko‘ra zararlangan hududlarga -80 ° C gacha bo‘lgan juda past haroratlarda ta’sir o‘tkaziladi. Ta’kidlash kerakki, krioablatsiyada asoratlar kamroq bo‘ladi.

Tibbiyot fanlari nomzodi, SANTO muassasasi maslahatchisi Gulnora Shamuxitdinova kompaniyaning rivojlanish tarixi bilan bir qatorda yurak-qon tomir kasalliklarini davolashda ishlatiladigan dori vositalari haqida gapirdi. Portfelda terapiyaning turli sohalaridagi kasalliklarni davolash uchun 12 farmakoterapevtik guruhdagi 240 dan ortiq umumiy dorilar mavjud. SANTO vakolatxonalarini Qirg‘iziston va O‘zbekistonda, Rossiya va Mo‘g‘ulistonda, shuningdek, Qozog‘istonda topish mumkin. SANTO kompaniyasining hududiy PR menejeri Tatyana Filipchik, o‘z navbatida, kompaniya Polpharma xalqaro farmatsevtika guruhi tarkibiga kirishini va GMP standartlari bo‘yicha ishlab chiqarilgan samarali, xavfsiz va sifatli dori vositalari yetkazib berilishini ta’kidladi.

Mamlakatimizda dori-darmonlar yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolash uchun ham taqdim etiladi. Shu jumladan, dunyodagi eng keng tarqalgan kasalliklardan biri bo‘lgan arterial gipertenziya davolash vositalari ham mavjud. Masalan, atsetilsalitsil kislotasining faol moddasi keng ta’sir doirasiga ega va bugungi kunga qadar dori vositalarining bir qismi sifatida yurak xastaliklaridan aziyat chekayotgan millionlab odamlarning hayotini saqlab qolmoqda.

Kardiolog maslahati:

  1. Men gomeopatik vositalardan foydalanishni emas, balki dalillarga asoslangan dori vositalaridan foydalanishni tavsiya qilgan bo‘lardim.
  2. Oilaviy poliklinikalardagi tibbiy tekshiruvlar, jumladan, umumiy qon ro‘yxati va lipid profili bo‘yicha maqsadli skrining va tekshiruvlarni e’tiborsiz qoldirmang.
  3. Yurak salomatligi uchun sog‘lom ovqatlanish, jumladan, hayvonlar va trans yog‘larini, oson hazm bo‘ladigan uglevodlarni, yurak-qon tomir asoratlari va o‘lim uchun xavf omili bo‘lishi mumkin bo‘lgan tuzni cheklash kerak.
  4. Jismoniy harakatsizlik, ya’ni harakatsiz turmush tarzi ham kasalliklarning rivojlanishi uchun xavf omili bo‘lishi mumkin. Bir kishi kuniga 10 kilometrgacha piyoda yurishi kerak. Shu bilan birga, tez yurish muhim ahamiyatga ega, buni mutaxassislar gipertoniyani davolashning dori-darmonsiz usuli deb atashadi.
  5. Stress va spirtli ichimliklarni cheklash lozim.
  6. Arterial fibrilatsiyaning asosiy sabablaridan biri, ya’ni yurakning ritmik tarzda urilmaydigan holati arterial gipertenziyadir. Bemorlarda bu insult xavfini oshiradi, chunki bunday tashxis qo‘yilgan yurak mikser kabi ishlaydi. Va agar qon quyuq bo‘lsa, unda tromblar paydo bo‘ladi. Bu tromblar shu jumladan miyada ham yuzaga keladi. Shuning uchun bunday tashxisga ega bemorlar sog‘lig‘iga ko‘proq ehtiyot bo‘lishi kerak.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring