Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘tgan kechada koronavirus yuqtirganlar soni ma’lum qilindi

O‘tgan kechada koronavirus yuqtirganlar soni ma’lum qilindi

2020-yil 27-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1887 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Kecha, 26-aprel soat 18:00 holatiga ko‘ra, kasallikni yutirganlar soni 1869 nafarga yetgani xabar qilingan edi. O‘tgan soatlar davomida yana 18 nafar hamyurtimizda kasallik aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, yurtimizda koronavirusdan tuzalganlar soni bugun 789 nafarga yetdi. Sakkiz kishi kasallikdan vafot etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring