Yunusobod — yanada obod!
![Yunusobod — yanada obod!](https://static.xabaruz.com/crop/1/9/720_460_95_1966577389.jpg)
Shu yilning iyun-iyul oylarida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Toshkent shahridagi 11 ta tumanda joylashgan 88 ta mahallada qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Aynan mana shunday xayrli ishlarga o‘z hissasini qo‘shish maqsadida barcha vazirlik va idoralar, davlat tashkilotlari ham faol qatnashmoqda.
Ayniqsa, bu borada Prezidentimizning 2018-yil 29-martdagi «Obod qishloq» dasturi to‘g‘risida»gi Farmoni hamda «Obod qishloq» dasturini 2018 yilda amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarori dasturilamal bo‘lmoqda.
«Obod mahalla» dasturi ijrosi bo‘yicha Adliya va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari va ularning hududiy boshqarmalari, «Xalq qabulxonalari», ichki ishlar organlari xodimlaridan iborat Ishchi guruh vakillari Yunusobod tumanining 63 ta mahallasida joylashgan 81 377 ta xonadonda bo‘lib, tumandagi mavjud holat hamda muammolar o‘rganib chiqilmoqda.
Bugungi kunga qadar uyma-uy yurish jarayonida, birinchi navbatda, 10 000 dan ortiq xonadonlarda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar ahvoli o‘rganildi. Arzon uy-joylarga muhtojlarga amaliy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rildi. Nogironligi bo‘lgan hamda og‘ir kasallikka chalingan, tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan oilalarga sog‘liqni saqlash organlari tomonidan yordam ko‘rsatilishi ta’minlandi. Ishsiz bo‘lgan oilalarni aniqlash hamda xonadonlardagi boshqa muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘plab amaliy ishlar amalga oshirildi. Shu bilan birga 2 300 dan ortiq fuqarolarning o‘zlarini qiynayotgan muammoli masalalar bo‘yicha murojaatlari qabul qilinib, tegishli vakolatli tashkilotlar bilan birgalikda hal etish choralari ko‘rilmoqda.
Shuningdek, 150 dan ortiq ijtimoiy ob’yektlar, ko‘p qavatli uylar, ko‘chalar, bo‘sh turgan binolar va boshqa joylardagi mavjud holatlar o‘rganildi. Jumladan, ob’yektlarning tom qismi va yer to‘lalari holati, issiqlik energiyasi, suv, gaz va elektr bilan ta’minlanganligi, sanitariya-epidemiologiya, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va ariqlarning tozalanganligi holati, ichki yo‘llar, yo‘lakchalar ahvoli, ko‘cha yoritish chiroqlarining yaroqliligi, sport-sog‘lomlashtirish ob’yektlari, bolalar maydonchalari, madaniy-ma’rifiy ob’yektlar va boshqa ijtimoiy soha ob’yektlaridagi mavjud bo‘lgan boshqa muammoli masalalar ham o‘rganilib, aniqlangan masalalarni hal etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilandi va hal etish choralari ko‘rilmoqda.
Bugun Ishchi guruhi, tuman tashkilotlarining xodimlari va mahallalarning faollaridan iborat ikki mingdan ortiq ko‘ngillilar ishtirokida tumandagi 16 ta («Sobirobod», «Nurmakon», Shoshtepa», Yurtobod», «Turkiston», «Posira» va boshqalar) mahalla fuqarolar yig‘inida obodonchilik ishlari olib borildi. Mazkur xayrli ishga ellikdan ortiq og‘ir texnika vositalari jalb qilindi.
Yunusobod tumanidagi barcha mahallalarni obod qilish va hududda istiqomat qilayotgan aholining muammolarini bartaraf etish yuzasidan Ishchi guruhlari va tuman tashkilotlari tomonidan amaliy ishlar davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter