Yunon-rum kurashi: Alisher G‘aniyev oltin medalni qo‘lga kiritdi
Albaniyaning Tirana shahrida sport kurashlari bo‘yicha U23 yosh toifasida o‘tayotgan jahon chempionatining ikkinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Alisher G‘aniyev oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Finalda u -60 kilogramm vazn toifasida rossiyalik (neytral maqomda) Dinislam Bammatovni 8:4 hisobida mag‘lub etib, terma jamoaga ilk medalni olib keldi.
Eslatib o‘tamiz, G‘aniyev ilk bellashuvda germaniyalik Georgios Skarpelloni 9:0, ruminiyalik Denis Mixaini 8:0, chorak finalda ukrainalik Bogdan Xrishinni 11:2, yarim finalda Ozarbayjon terma jamoasi a’zosi Nihad Guluzadeni 9:0 hisobida taslim etgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter